среда, 24 декабря 2014 г.

5-sinf matematika dars ishlanma

Andijon viloyati Baliqchi tumani XTMFMTvaTE bo’limi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
V sinfda  matematika fanidan qiyin o’zlashtirilayotgan mavzular bo’yicha bir soatlik  dars ishlanmasi

I. Mavzu: Hajm o’lchov birliklari. To’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi.
II. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni hajm o’lchov birliklari bilan tanishtirish,to’g’ri burchakli parallalepiped va kubning hajmini hisoblashga o’rgatish;
b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchilarni estetik ruhida tarbiyalash
v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni geometrik shakllar hajmlari haqidagi bilimlarini rivojlantirish
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat.Guruhlarda ishlash.Aralash
 III. Darsning jihozi:
 1. “V-sinf matematika ” darsligi.
 2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi va to’g’ri burchakli parallelepiped va kub maketlari.
                                
IV. Darsning rejasi:

T/R
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
(min)
1
Tashkiliy qism

3
2
O’tilgan mavzuni takrorlash
Qisqa test yoki og’zaki so’rov
7
2
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik va motivatsiya
b) yangi mavzuni yoritish;

Savol-javob

Ma’ruza
20
3
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a)      guruhlarda ishlash;
b)       xulosa;
c)       yakka tartibdagi mustaqil ish.

Guruhlarda ishlash
Aqliy hujum
Mustaqil ish
10
4
Darsga yakun yasash va baholash

3
5
Uyga vazifa

2

V. Darsning borishi:
 a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar tozaligiga e’tibor beriladi;
 b) O’tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalaniladi.
 v) Yangi mavzuni tafsilotlari
      O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta kartochkada yozilgan savollarni   o’quvchilarga tarqatiladi va ularga javoblar olinadi .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
 Bilimlar:
- hajm birliklari orasidagi bog’lanishlarni;
- to’g’ri burchakli parallelepiped hajmini hisoblash formulasini;
- kub hajmi formulasini bilish.
Ko’nikmalar:
- o’lchamlari(bo’yi, eni, balandligi) berilgan to’g’ri burchakli parallelepipedning;
 -  qirrasi berilgan kubning hajmini hisoblay olish;
- kub va to’g’ri burchakli parallelepiped hajmiga doir formulalarni amaliyotga qo’llay olish.
Malakalar:
- to’g’ri burchakli parallelepiped va kubning hajmiga doir sodda mashqlarni mustaqil yecha olish
Kompetensiya turi:
- o’quv – o’rganish
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun test topshiriqlari:
1. To’g’ri burchakli parallelepipedning nechta uchi bor?
A) 4 ta  B) 6 ta  C) 8 ta  D) 12 ta E) 2 ta
2. To’g’ri burchakli parallelepipedning nechta qirrasi bor?
A) 4 ta  B) 6 ta  C) 8 ta  D) 12 ta E) 2 ta
3. Berilgan ma’lumotlarga ko’ra kub sirtining yuzini toping.Kubning qirrasi 3 dm.
A) 36 dm2  B) 48 dm2  C) 54 dm2  D) 64 dm2  108 dm2
4. Berilgan ma’lumotlarga to’g’ri burchakli parallelepipedning sirtining yuzini toping.a = 2 sm, b = 3 sm , c = 8 sm.
A) 92 sm2 B) 24 sm2  C) 48 sm2  D) 64 sm2 E) 52 sm2

Yangi mavzuni borishi:
        Hajm o’lchov birligi sifatida birlik kub hajmi olinadi. Qirrasi bir uzunlik birligiga teng bo’lgan kub birlik kub deyiladi.Berilgan jismning hajmini topish u nechta birlik kubdan tashkil topganini bilish demakdir.To’g’ri burchakli parallelepipedni n dona birlik kubga ajratish mumkin bo’lsa , uning hajmi n birlik kub hajmiga teng deyiladi.O’lchamlari (qirralari uzunliklari) a,b,c bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi V=abc (kub birlik) ga teng bo’ladi. Odatda to’g’ri burchakli parallelepipedning a-bo’yi, b- eni, c-balandligi deyiladi. a.b - to’g’ri burchakli parallelepipedning asosi yuzi bo’lganidan quyidagi qoida kelib chiqadi:
T o’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi uning asosi yuzi bilan balandligining ko’paytmasiga teng.
Kub uchun barcha qirralar o’zaro teng:a=b=c. Kubning hajmi V=a.a.a=a3 (kub birlik)ga tengdir.
Shundan keyin taxtada 1 va 2- masalalar yechib ko’rsatiladi.
To’g’ri burchakli parallelepipedning bir uchidan chiquvchi qirralari yig’indisi bir xil (o’zaro teng) bo’lsa-da, ularning hajmlari , sirtlari turlicha bo’lishi mumkin.
To’g’ri burchakli parallelelpiped hajmi formulasidagi a ko’paytma asosinig yuzi S ni , c=qirra esa balandlik h ni ifodalasa V= SH formula hosil bo’ladi, ya’ni to’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi asosi yuzi bilan balandligi ko’paytmasiga teng.
V = a b c formuladan a = V : (bc);  b = V : (ac) ;   c = V : (abhamda V= SH formuladan  S = V : H va H = V : S degan formulalar kelib chiqadi.
VI. Darsni mustaxkamlash:
O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazaman
1. Kubning nechta qirrasi bor? ( 12 ta)
2. Kubning yoqlari nechta? ( 6 ta)
3. To’g’ri burchakli parallelepiped sirtining yuzi nimaga teng? ( S= 2 (ab +bc +ac)
4. Kub hajmi formulasi qanday? ( V= a3)
5. To’g’ri burchakli parallelepiped hajmi nimaga teng? ( V= abc)
6. Kubning qirralari yig’indisi nimaga teng? ( 12a)
7. To’g’ri burchakli parallelepipedning aqirralari yig’indisi nimaga teng? L = 4(a+b+c)
8. Kub sirtining yuzi nimaga teng? ( S = 6a2)
1-6 mashqlarni o’quvchilar o’zlari mustaqil yechadilar
VII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosalarini  bildiradi.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
VIII. Uyga vazifa.
15-18- mashqlarni bajarib kelish.
Qo’shimcha manbalar:
WWW.Ziyonet.uz;      WWW.RTM.uz;    WWW.DTM.uz




1 комментарий: