среда, 24 декабря 2014 г.

5-sinf matematika dars ishlanma

Andijon viloyati Baliqchi tumani XTMFMTvaTE bo’limi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
V sinfda  matematika fanidan qiyin o’zlashtirilayotgan mavzular bo’yicha bir soatlik  dars ishlanmasi

I. Mavzu: Hajm o’lchov birliklari. To’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi.
II. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni hajm o’lchov birliklari bilan tanishtirish,to’g’ri burchakli parallalepiped va kubning hajmini hisoblashga o’rgatish;
b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchilarni estetik ruhida tarbiyalash
v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni geometrik shakllar hajmlari haqidagi bilimlarini rivojlantirish
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat.Guruhlarda ishlash.Aralash
 III. Darsning jihozi:
 1. “V-sinf matematika ” darsligi.
 2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi va to’g’ri burchakli parallelepiped va kub maketlari.
                                
IV. Darsning rejasi:

T/R
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
(min)
1
Tashkiliy qism

3
2
O’tilgan mavzuni takrorlash
Qisqa test yoki og’zaki so’rov
7
2
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik va motivatsiya
b) yangi mavzuni yoritish;

Savol-javob

Ma’ruza
20
3
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a)      guruhlarda ishlash;
b)       xulosa;
c)       yakka tartibdagi mustaqil ish.

Guruhlarda ishlash
Aqliy hujum
Mustaqil ish
10
4
Darsga yakun yasash va baholash

3
5
Uyga vazifa

2

V. Darsning borishi:
 a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar tozaligiga e’tibor beriladi;
 b) O’tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalaniladi.
 v) Yangi mavzuni tafsilotlari
      O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta kartochkada yozilgan savollarni   o’quvchilarga tarqatiladi va ularga javoblar olinadi .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
 Bilimlar:
- hajm birliklari orasidagi bog’lanishlarni;
- to’g’ri burchakli parallelepiped hajmini hisoblash formulasini;
- kub hajmi formulasini bilish.
Ko’nikmalar:
- o’lchamlari(bo’yi, eni, balandligi) berilgan to’g’ri burchakli parallelepipedning;
 -  qirrasi berilgan kubning hajmini hisoblay olish;
- kub va to’g’ri burchakli parallelepiped hajmiga doir formulalarni amaliyotga qo’llay olish.
Malakalar:
- to’g’ri burchakli parallelepiped va kubning hajmiga doir sodda mashqlarni mustaqil yecha olish
Kompetensiya turi:
- o’quv – o’rganish
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun test topshiriqlari:
1. To’g’ri burchakli parallelepipedning nechta uchi bor?
A) 4 ta  B) 6 ta  C) 8 ta  D) 12 ta E) 2 ta
2. To’g’ri burchakli parallelepipedning nechta qirrasi bor?
A) 4 ta  B) 6 ta  C) 8 ta  D) 12 ta E) 2 ta
3. Berilgan ma’lumotlarga ko’ra kub sirtining yuzini toping.Kubning qirrasi 3 dm.
A) 36 dm2  B) 48 dm2  C) 54 dm2  D) 64 dm2  108 dm2
4. Berilgan ma’lumotlarga to’g’ri burchakli parallelepipedning sirtining yuzini toping.a = 2 sm, b = 3 sm , c = 8 sm.
A) 92 sm2 B) 24 sm2  C) 48 sm2  D) 64 sm2 E) 52 sm2

Yangi mavzuni borishi:
        Hajm o’lchov birligi sifatida birlik kub hajmi olinadi. Qirrasi bir uzunlik birligiga teng bo’lgan kub birlik kub deyiladi.Berilgan jismning hajmini topish u nechta birlik kubdan tashkil topganini bilish demakdir.To’g’ri burchakli parallelepipedni n dona birlik kubga ajratish mumkin bo’lsa , uning hajmi n birlik kub hajmiga teng deyiladi.O’lchamlari (qirralari uzunliklari) a,b,c bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi V=abc (kub birlik) ga teng bo’ladi. Odatda to’g’ri burchakli parallelepipedning a-bo’yi, b- eni, c-balandligi deyiladi. a.b - to’g’ri burchakli parallelepipedning asosi yuzi bo’lganidan quyidagi qoida kelib chiqadi:
T o’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi uning asosi yuzi bilan balandligining ko’paytmasiga teng.
Kub uchun barcha qirralar o’zaro teng:a=b=c. Kubning hajmi V=a.a.a=a3 (kub birlik)ga tengdir.
Shundan keyin taxtada 1 va 2- masalalar yechib ko’rsatiladi.
To’g’ri burchakli parallelepipedning bir uchidan chiquvchi qirralari yig’indisi bir xil (o’zaro teng) bo’lsa-da, ularning hajmlari , sirtlari turlicha bo’lishi mumkin.
To’g’ri burchakli parallelelpiped hajmi formulasidagi a ko’paytma asosinig yuzi S ni , c=qirra esa balandlik h ni ifodalasa V= SH formula hosil bo’ladi, ya’ni to’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi asosi yuzi bilan balandligi ko’paytmasiga teng.
V = a b c formuladan a = V : (bc);  b = V : (ac) ;   c = V : (abhamda V= SH formuladan  S = V : H va H = V : S degan formulalar kelib chiqadi.
VI. Darsni mustaxkamlash:
O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazaman
1. Kubning nechta qirrasi bor? ( 12 ta)
2. Kubning yoqlari nechta? ( 6 ta)
3. To’g’ri burchakli parallelepiped sirtining yuzi nimaga teng? ( S= 2 (ab +bc +ac)
4. Kub hajmi formulasi qanday? ( V= a3)
5. To’g’ri burchakli parallelepiped hajmi nimaga teng? ( V= abc)
6. Kubning qirralari yig’indisi nimaga teng? ( 12a)
7. To’g’ri burchakli parallelepipedning aqirralari yig’indisi nimaga teng? L = 4(a+b+c)
8. Kub sirtining yuzi nimaga teng? ( S = 6a2)
1-6 mashqlarni o’quvchilar o’zlari mustaqil yechadilar
VII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosalarini  bildiradi.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
VIII. Uyga vazifa.
15-18- mashqlarni bajarib kelish.
Qo’shimcha manbalar:
WWW.Ziyonet.uz;      WWW.RTM.uz;    WWW.DTM.uz




пятница, 11 июля 2014 г.



 “Geometriyadan musobaqa”

R E J A S I

1. Guruhlarning o’zlarini tanishtirishlari. 

2. Geometrik atamalar musobaqasi.

   Bu shartda har bir guruhdan bittadan qatnashchi chiqadi va ular o’rtasida geometrik atamalarni aytish musobaqasi bo’lib o’tadi. Kim birinchi bo’lib to’xtab qolsa, yoki aytilgan atamani aytib qo’ysa u yutqazadi.

3. Viktorina savollari: Bunda har bir guruhga  matematikaga oid 10 tadan savol beriladi


4. Sardorlar musobaqasi.
Bu shartda har bir guruh sardoriga bittadan masala beriladi va hakamlar tomonidan baholanadi?
Bu shart uchun uzog’i bilan 5 daqiqa vaqt ajratiladi? 

      1-guruh uchun viktorina savollari:


1.  Algebra fanining asoschisi  kim?              Al-Xorazmiy

2.  To’rtala tomoni bir-biriga teng bo’lgan qavariq to’rtburchak  nima deb ataladi? 
                                                                                                      Romb
3.  Burchakni uchidan chiqib uni teng 2 ga bo’luvchi nur?        Bissektrisa

4. Doirani chegarasi nima?                                                        Aylana

5.  1 dm3 necha litr?                                                                   1 litr

6.  To’g’ri burchakli uchburchakda to’g’ri burchak  qarshisidagi tomon?                     
                                                                                                         Gipotenuza                                   
7.  4 ta simmatriya o’qiga ega shakl?                               Kvadrat

8.  Aylana uzunligining diametrga nisbati nimaga teng?                   П       

9.  To’rtburchakning ichki burchaklari yig’indisi necha gradus?            3600

10.  Beshburchakning nechta diagonali bor bor?                                 5 ta
  
      2-guruh uchun viktorina savollari:


1.  “Al-jabr val-muqobala” asari muallifi kim?                Al-Xorazmiy

2.  To’rtala tomoni va to’rtala burchagi bir-biriga teng bo’lgan qavariq to’rtburchak nima deb ataladi?                                                    Kvadrat

3.  Uchburchakni uchidan chiqib qarshisidagi tomonni teng 2 ga bo’luvchi kesma?                                           
                                                                                                            Mediana
4.  1 km2 necha sm2?                                                                       10000000000

5.  To’g’ri burchakli ushburchakda to’g’ri burchak tashkil qiluvchi tomonlar nima deyiladi?                                                                                               Katetlar

6.  Uchburchaklar tenglik alomatlari nechta?                                  3 ta
7.   Doiraning yuzi nimaga teng?                   П  R2

8.  Uchburchakning ichki burchaklari yig’indisi qancha?                      1800

9.   Geometriya so’zi o’zbekchada qanday nomlanadi?                   Handasa

10.  Tekislikda to’g’ri chiziqda yotmagan nuqtadan unga parallel nechta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin?      Faqat 1 ta









суббота, 21 июня 2014 г.

15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
 VII-sinfda  Geometriya fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik
 dars ishlanmasi

I. Mavzu: Uchburchaklar tengligining 3- alomati (TTT alomati).
II. Darsning maqsadi:
 a) Ta’limiy maqsad:
 -Uchburchaklar tengligining 3-alomati haqidagi teoremaning mohiyatini tushuntirish va teoremaning isboti bilan tanishtirish;
- Uchburchaklar tengligining TTT alomatini masalalar yechishga qo’llashni namoyish qilish.
 b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchi shaxsini kamol toptirish
 v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga o’zlashtirilgan nazariy bilimlarini amaliy masalalar  yechishda qo’llay olish. 
Bilimlar:
- Uchburchaklar tengligining TTT alomatini chizma orqali tavsiflash
Ko’nikmalar:
- Uchburchaklar tengligining TTT alomati yordamida masalalar yecha olish                                                              
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat.Aralash
 III. Darsning jihozi: 1. “VII-sinf Geometriya ” darsligi;
                                   2.   Rangli qog’ozlardan qirqib tayyorlangan turli o’lchamdagi uchburchaklar;
                                   3. Teng uchburchaklar rasmi chizilgan (1-chizma) plakat –ko’rgazma;
                                    4. Transportir va chizg’ich.                                
IV. Darsning rejasi:
1. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. O’tilgan mavzu bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazaman;
3. Yangi darsni bayon qilish.
V. Darsning borishi:
Darsning bosqichlari, foydalanishga tavsiya etiladigan usul va vaqt taqsimoti

T/R
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
1
Tashkiliy qism

2
2
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik;
b) yangi mavzuni yoritish.

Savol-javob, ko’rgazma
Ma’ruza

15
3
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a) mashq;
b) xulosa

Mustaqil ish, amaliy mashg’ulot
Savol-javob

20
4
Darsga yakun yasash va baholash

3
5
Uyga vazifa

5

VI. Darsning tafsilotlari:
1. Yangi mavzuni yoritishga tayyorgarlik: Yangi dars mavzusi doskaga yozilib, oldindan tayyorlab qo’yilgan uchburchaklar bir-biri bilan ustma-ust qo’yilib, bir-biriga teng bo’lgan bir nechta uchburchaklarni o’quvchilrga ko’rsatib , tanlab olinadi va ko’rgazma sifatida doskaga osib qo’yiladi.
2. Yangi mavzuni yoritish: Uchburchaklar tengligi ta’rifi va uchburchaklar tengligining TBT va BTB alomatlari eslatiladi. O’quvchilardan ta’rif va teorema nima ekanligi so’raladi. So’ng, bu darsda uchburchaklar tengligining yana bir alomati haqidagi teorema isbotlanishi aytiladi.
      “Uchburchaklarning tenglik alomatlari” deb nom olgan teoremalar uchburchak tomonlari va burchaklarining ayrimlarini solishtirish yetarli ekanligini ko’rsatishi eslatiladi. Doskada ixtiyoriy uchburchak chizilib, uning uchta tomoniga qilib ikkinchi uchburchak yasab, ularning tengligi ko’rsatiladi. Bu “ uchburchaklarning uchta tomonlari tengligiga ko’ra tengligi haqidagi teorema” , ya’ni uchburchaklar tengligining TTT alomati haqidagi teorema ekanligi aytib o’tiladi va teorema isbotlanadi.
3. Yangi mavzuni mustaxkamlash:  
- darsni mustaxkamlash maqsadida o’quvchilardan qanday uchburchaklar teng deyilishi, TTT alomati va bu alomatda uchburchaklar tengligi qanday elementlar bo’yicha aniqlanishi so’raladi;
- darslikda yechib ko’rsatilgan masala mavzuni mustaxkamlashga asos bo’ladi;
- 3- va 5- masalalar sinfdagi ikki qatordagi o’tirgan guruhlar uchun mustaqil ish sifatida beriladi.
Javoblar doskada birgalikda tahlil qilinadi.
4. Darsga yakun yasash va baholash:
Darsga yakun yasash 1-2- savollar asosida amalga oshiriladi. TTT alomat ifodasini yana bir marta takrorlanadi. Uchburchaklar tengligining uchta alomatlari birin-ketin takrorlanadi.
5. Uyga vazifa:
- uchburchaklar tengligining TTT alomati va uning isbotini o’rganish;

- 4-, 7- masalalar
15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
 II-chorak yakuni bo’yicha IX-sinfda  Geometriya fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik
 dars ishlanmasi
I. Mavzu: Ko’pburchaklarning o’xshashligi.
II. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsad: - ko’pburchaklar o’xshashligini ta’rifini bilish;
                                      b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchi shaxsini kamol toptirish
                                      v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga o’zlashtirilgan nazariy bilimlarini 
                                  amaliy masalalar  yechishda qo’llay olish.                                                                   
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat .Bayon qilish.
 III. Darsning jihozi: 1. “IX sinf Geometriya ” darsligi.
                                   2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi.
                                   3. Darslikdagi 2-3 rasmlar chizmali plakati.                                
IV. Darsning rejasi:
1. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. O’tilgan mavzu bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazaman;
3. Yangi darsni bayon qilish.
V. Darsning borishi:
1
Tashkiliy qism
2 daqiqa
2
Uy vazifasini analizi
3 daqiqa
3
Yangi mavzuni yoritishga hozirlik
3 daqiqa
4
Yangi mavzuni yoritish:
a) guruhlarda ishlash;
b) taqdimot;
d) tahlil va xulosa.

10 daqiqa
2 daqiqa
5 daqiqa
5
Yangi mavzuni mustaxkamlash
10 daqiqa
6
Baholash
3 daqiqa
7
Uyga vazifa
2 daqiqa

O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta savoldan iborat qisqa test olib o’quvchilar yordamida uni tekshirib chiqaman .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
 Bilimlar:
-o’xshash ko’pburchaklarda: burchaklari, tomonlari(soni) tengligi;
- mos burchaklari tengligi;
- mos tomonlari proporsionalligi.
Ko’nikmalar:
- berilgan shakllardan o’xshash ko’pburchaklarni ajrata olish;
- o’xshash ko’pburchaklar ta’rifidan masala yechishda foydalana olish.
VI. Darsning tafsilotlari:
    1. Yangi mavzuni yoritishga hozirlik. Guruhlar berilgan topshiriqni bajaradilar. So’ng guruhlarning javoblari tinglanadi va taqdimot bo’yicha munozara yuritiladi.
    2. Yangi mavzuni yoritish. Ko’pburchaklarning o’xshashligi tushunchasi kiritiladiLdarslikdagi 1-3-rasmlar muhokama qilinadi)
    Darslikdagi teorema (o’xshash ko’pburchaklar perimetrlari nisbati va yuzalar nisbati haqidagi teoremalar). 1-2-rasmlar muhokama qilinadi. Har bir guruhning fikrlari tinglanadi va o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan to’ldiriladi.
   3. Mustaxkamlash. 7-masala doskada sinf bo’yicha yozib yechiladi.
Guruhlarda ishlash:1-guruh             3;         2-guruh          4;                    3-guruh            5.
VII. Darsni mustaxkamlash.guruhlarning taqdimotini tinglash va xulosa qilish.Darsdan ko’zlangan maqsad eslatiladi va har biri bo’yicha qisqacha sharh beriladi
VIII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni  bildiraman.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
IX. Uyga vazifa.

Darslikdagi 1-2 savollar,6-masalani  bajarib kelish.