суббота, 21 июня 2014 г.

15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
 VII-sinfda  Geometriya fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik
 dars ishlanmasi

I. Mavzu: Uchburchaklar tengligining 3- alomati (TTT alomati).
II. Darsning maqsadi:
 a) Ta’limiy maqsad:
 -Uchburchaklar tengligining 3-alomati haqidagi teoremaning mohiyatini tushuntirish va teoremaning isboti bilan tanishtirish;
- Uchburchaklar tengligining TTT alomatini masalalar yechishga qo’llashni namoyish qilish.
 b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchi shaxsini kamol toptirish
 v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga o’zlashtirilgan nazariy bilimlarini amaliy masalalar  yechishda qo’llay olish. 
Bilimlar:
- Uchburchaklar tengligining TTT alomatini chizma orqali tavsiflash
Ko’nikmalar:
- Uchburchaklar tengligining TTT alomati yordamida masalalar yecha olish                                                              
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat.Aralash
 III. Darsning jihozi: 1. “VII-sinf Geometriya ” darsligi;
                                   2.   Rangli qog’ozlardan qirqib tayyorlangan turli o’lchamdagi uchburchaklar;
                                   3. Teng uchburchaklar rasmi chizilgan (1-chizma) plakat –ko’rgazma;
                                    4. Transportir va chizg’ich.                                
IV. Darsning rejasi:
1. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. O’tilgan mavzu bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazaman;
3. Yangi darsni bayon qilish.
V. Darsning borishi:
Darsning bosqichlari, foydalanishga tavsiya etiladigan usul va vaqt taqsimoti

T/R
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
1
Tashkiliy qism

2
2
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik;
b) yangi mavzuni yoritish.

Savol-javob, ko’rgazma
Ma’ruza

15
3
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a) mashq;
b) xulosa

Mustaqil ish, amaliy mashg’ulot
Savol-javob

20
4
Darsga yakun yasash va baholash

3
5
Uyga vazifa

5

VI. Darsning tafsilotlari:
1. Yangi mavzuni yoritishga tayyorgarlik: Yangi dars mavzusi doskaga yozilib, oldindan tayyorlab qo’yilgan uchburchaklar bir-biri bilan ustma-ust qo’yilib, bir-biriga teng bo’lgan bir nechta uchburchaklarni o’quvchilrga ko’rsatib , tanlab olinadi va ko’rgazma sifatida doskaga osib qo’yiladi.
2. Yangi mavzuni yoritish: Uchburchaklar tengligi ta’rifi va uchburchaklar tengligining TBT va BTB alomatlari eslatiladi. O’quvchilardan ta’rif va teorema nima ekanligi so’raladi. So’ng, bu darsda uchburchaklar tengligining yana bir alomati haqidagi teorema isbotlanishi aytiladi.
      “Uchburchaklarning tenglik alomatlari” deb nom olgan teoremalar uchburchak tomonlari va burchaklarining ayrimlarini solishtirish yetarli ekanligini ko’rsatishi eslatiladi. Doskada ixtiyoriy uchburchak chizilib, uning uchta tomoniga qilib ikkinchi uchburchak yasab, ularning tengligi ko’rsatiladi. Bu “ uchburchaklarning uchta tomonlari tengligiga ko’ra tengligi haqidagi teorema” , ya’ni uchburchaklar tengligining TTT alomati haqidagi teorema ekanligi aytib o’tiladi va teorema isbotlanadi.
3. Yangi mavzuni mustaxkamlash:  
- darsni mustaxkamlash maqsadida o’quvchilardan qanday uchburchaklar teng deyilishi, TTT alomati va bu alomatda uchburchaklar tengligi qanday elementlar bo’yicha aniqlanishi so’raladi;
- darslikda yechib ko’rsatilgan masala mavzuni mustaxkamlashga asos bo’ladi;
- 3- va 5- masalalar sinfdagi ikki qatordagi o’tirgan guruhlar uchun mustaqil ish sifatida beriladi.
Javoblar doskada birgalikda tahlil qilinadi.
4. Darsga yakun yasash va baholash:
Darsga yakun yasash 1-2- savollar asosida amalga oshiriladi. TTT alomat ifodasini yana bir marta takrorlanadi. Uchburchaklar tengligining uchta alomatlari birin-ketin takrorlanadi.
5. Uyga vazifa:
- uchburchaklar tengligining TTT alomati va uning isbotini o’rganish;

- 4-, 7- masalalar

Комментариев нет:

Отправить комментарий