суббота, 21 июня 2014 г.

15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
 II-chorak yakuni bo’yicha IX-sinfda  Geometriya fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik
 dars ishlanmasi
I. Mavzu: Ko’pburchaklarning o’xshashligi.
II. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsad: - ko’pburchaklar o’xshashligini ta’rifini bilish;
                                      b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchi shaxsini kamol toptirish
                                      v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga o’zlashtirilgan nazariy bilimlarini 
                                  amaliy masalalar  yechishda qo’llay olish.                                                                   
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat .Bayon qilish.
 III. Darsning jihozi: 1. “IX sinf Geometriya ” darsligi.
                                   2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi.
                                   3. Darslikdagi 2-3 rasmlar chizmali plakati.                                
IV. Darsning rejasi:
1. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. O’tilgan mavzu bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazaman;
3. Yangi darsni bayon qilish.
V. Darsning borishi:
1
Tashkiliy qism
2 daqiqa
2
Uy vazifasini analizi
3 daqiqa
3
Yangi mavzuni yoritishga hozirlik
3 daqiqa
4
Yangi mavzuni yoritish:
a) guruhlarda ishlash;
b) taqdimot;
d) tahlil va xulosa.

10 daqiqa
2 daqiqa
5 daqiqa
5
Yangi mavzuni mustaxkamlash
10 daqiqa
6
Baholash
3 daqiqa
7
Uyga vazifa
2 daqiqa

O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta savoldan iborat qisqa test olib o’quvchilar yordamida uni tekshirib chiqaman .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
 Bilimlar:
-o’xshash ko’pburchaklarda: burchaklari, tomonlari(soni) tengligi;
- mos burchaklari tengligi;
- mos tomonlari proporsionalligi.
Ko’nikmalar:
- berilgan shakllardan o’xshash ko’pburchaklarni ajrata olish;
- o’xshash ko’pburchaklar ta’rifidan masala yechishda foydalana olish.
VI. Darsning tafsilotlari:
    1. Yangi mavzuni yoritishga hozirlik. Guruhlar berilgan topshiriqni bajaradilar. So’ng guruhlarning javoblari tinglanadi va taqdimot bo’yicha munozara yuritiladi.
    2. Yangi mavzuni yoritish. Ko’pburchaklarning o’xshashligi tushunchasi kiritiladiLdarslikdagi 1-3-rasmlar muhokama qilinadi)
    Darslikdagi teorema (o’xshash ko’pburchaklar perimetrlari nisbati va yuzalar nisbati haqidagi teoremalar). 1-2-rasmlar muhokama qilinadi. Har bir guruhning fikrlari tinglanadi va o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan to’ldiriladi.
   3. Mustaxkamlash. 7-masala doskada sinf bo’yicha yozib yechiladi.
Guruhlarda ishlash:1-guruh             3;         2-guruh          4;                    3-guruh            5.
VII. Darsni mustaxkamlash.guruhlarning taqdimotini tinglash va xulosa qilish.Darsdan ko’zlangan maqsad eslatiladi va har biri bo’yicha qisqacha sharh beriladi
VIII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni  bildiraman.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
IX. Uyga vazifa.

Darslikdagi 1-2 savollar,6-masalani  bajarib kelish.

Комментариев нет:

Отправить комментарий