суббота, 21 июня 2014 г.

15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
 VII-sinfda  Geometriya fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik
 dars ishlanmasi

I. Mavzu: Uchburchaklar tengligining 3- alomati (TTT alomati).
II. Darsning maqsadi:
 a) Ta’limiy maqsad:
 -Uchburchaklar tengligining 3-alomati haqidagi teoremaning mohiyatini tushuntirish va teoremaning isboti bilan tanishtirish;
- Uchburchaklar tengligining TTT alomatini masalalar yechishga qo’llashni namoyish qilish.
 b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchi shaxsini kamol toptirish
 v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga o’zlashtirilgan nazariy bilimlarini amaliy masalalar  yechishda qo’llay olish. 
Bilimlar:
- Uchburchaklar tengligining TTT alomatini chizma orqali tavsiflash
Ko’nikmalar:
- Uchburchaklar tengligining TTT alomati yordamida masalalar yecha olish                                                              
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat.Aralash
 III. Darsning jihozi: 1. “VII-sinf Geometriya ” darsligi;
                                   2.   Rangli qog’ozlardan qirqib tayyorlangan turli o’lchamdagi uchburchaklar;
                                   3. Teng uchburchaklar rasmi chizilgan (1-chizma) plakat –ko’rgazma;
                                    4. Transportir va chizg’ich.                                
IV. Darsning rejasi:
1. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. O’tilgan mavzu bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazaman;
3. Yangi darsni bayon qilish.
V. Darsning borishi:
Darsning bosqichlari, foydalanishga tavsiya etiladigan usul va vaqt taqsimoti

T/R
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
1
Tashkiliy qism

2
2
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik;
b) yangi mavzuni yoritish.

Savol-javob, ko’rgazma
Ma’ruza

15
3
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a) mashq;
b) xulosa

Mustaqil ish, amaliy mashg’ulot
Savol-javob

20
4
Darsga yakun yasash va baholash

3
5
Uyga vazifa

5

VI. Darsning tafsilotlari:
1. Yangi mavzuni yoritishga tayyorgarlik: Yangi dars mavzusi doskaga yozilib, oldindan tayyorlab qo’yilgan uchburchaklar bir-biri bilan ustma-ust qo’yilib, bir-biriga teng bo’lgan bir nechta uchburchaklarni o’quvchilrga ko’rsatib , tanlab olinadi va ko’rgazma sifatida doskaga osib qo’yiladi.
2. Yangi mavzuni yoritish: Uchburchaklar tengligi ta’rifi va uchburchaklar tengligining TBT va BTB alomatlari eslatiladi. O’quvchilardan ta’rif va teorema nima ekanligi so’raladi. So’ng, bu darsda uchburchaklar tengligining yana bir alomati haqidagi teorema isbotlanishi aytiladi.
      “Uchburchaklarning tenglik alomatlari” deb nom olgan teoremalar uchburchak tomonlari va burchaklarining ayrimlarini solishtirish yetarli ekanligini ko’rsatishi eslatiladi. Doskada ixtiyoriy uchburchak chizilib, uning uchta tomoniga qilib ikkinchi uchburchak yasab, ularning tengligi ko’rsatiladi. Bu “ uchburchaklarning uchta tomonlari tengligiga ko’ra tengligi haqidagi teorema” , ya’ni uchburchaklar tengligining TTT alomati haqidagi teorema ekanligi aytib o’tiladi va teorema isbotlanadi.
3. Yangi mavzuni mustaxkamlash:  
- darsni mustaxkamlash maqsadida o’quvchilardan qanday uchburchaklar teng deyilishi, TTT alomati va bu alomatda uchburchaklar tengligi qanday elementlar bo’yicha aniqlanishi so’raladi;
- darslikda yechib ko’rsatilgan masala mavzuni mustaxkamlashga asos bo’ladi;
- 3- va 5- masalalar sinfdagi ikki qatordagi o’tirgan guruhlar uchun mustaqil ish sifatida beriladi.
Javoblar doskada birgalikda tahlil qilinadi.
4. Darsga yakun yasash va baholash:
Darsga yakun yasash 1-2- savollar asosida amalga oshiriladi. TTT alomat ifodasini yana bir marta takrorlanadi. Uchburchaklar tengligining uchta alomatlari birin-ketin takrorlanadi.
5. Uyga vazifa:
- uchburchaklar tengligining TTT alomati va uning isbotini o’rganish;

- 4-, 7- masalalar
15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
 II-chorak yakuni bo’yicha IX-sinfda  Geometriya fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik
 dars ishlanmasi
I. Mavzu: Ko’pburchaklarning o’xshashligi.
II. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsad: - ko’pburchaklar o’xshashligini ta’rifini bilish;
                                      b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchi shaxsini kamol toptirish
                                      v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarga o’zlashtirilgan nazariy bilimlarini 
                                  amaliy masalalar  yechishda qo’llay olish.                                                                   
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat .Bayon qilish.
 III. Darsning jihozi: 1. “IX sinf Geometriya ” darsligi.
                                   2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi.
                                   3. Darslikdagi 2-3 rasmlar chizmali plakati.                                
IV. Darsning rejasi:
1. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. O’tilgan mavzu bo’yicha og’zaki savol-javob o’tkazaman;
3. Yangi darsni bayon qilish.
V. Darsning borishi:
1
Tashkiliy qism
2 daqiqa
2
Uy vazifasini analizi
3 daqiqa
3
Yangi mavzuni yoritishga hozirlik
3 daqiqa
4
Yangi mavzuni yoritish:
a) guruhlarda ishlash;
b) taqdimot;
d) tahlil va xulosa.

10 daqiqa
2 daqiqa
5 daqiqa
5
Yangi mavzuni mustaxkamlash
10 daqiqa
6
Baholash
3 daqiqa
7
Uyga vazifa
2 daqiqa

O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta savoldan iborat qisqa test olib o’quvchilar yordamida uni tekshirib chiqaman .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
 Bilimlar:
-o’xshash ko’pburchaklarda: burchaklari, tomonlari(soni) tengligi;
- mos burchaklari tengligi;
- mos tomonlari proporsionalligi.
Ko’nikmalar:
- berilgan shakllardan o’xshash ko’pburchaklarni ajrata olish;
- o’xshash ko’pburchaklar ta’rifidan masala yechishda foydalana olish.
VI. Darsning tafsilotlari:
    1. Yangi mavzuni yoritishga hozirlik. Guruhlar berilgan topshiriqni bajaradilar. So’ng guruhlarning javoblari tinglanadi va taqdimot bo’yicha munozara yuritiladi.
    2. Yangi mavzuni yoritish. Ko’pburchaklarning o’xshashligi tushunchasi kiritiladiLdarslikdagi 1-3-rasmlar muhokama qilinadi)
    Darslikdagi teorema (o’xshash ko’pburchaklar perimetrlari nisbati va yuzalar nisbati haqidagi teoremalar). 1-2-rasmlar muhokama qilinadi. Har bir guruhning fikrlari tinglanadi va o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan to’ldiriladi.
   3. Mustaxkamlash. 7-masala doskada sinf bo’yicha yozib yechiladi.
Guruhlarda ishlash:1-guruh             3;         2-guruh          4;                    3-guruh            5.
VII. Darsni mustaxkamlash.guruhlarning taqdimotini tinglash va xulosa qilish.Darsdan ko’zlangan maqsad eslatiladi va har biri bo’yicha qisqacha sharh beriladi
VIII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni  bildiraman.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
IX. Uyga vazifa.

Darslikdagi 1-2 savollar,6-masalani  bajarib kelish.
15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
 III-chorak yakuni bo’yicha VI-sinfda  Matematika fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik
 dars ishlanmasi

I. Mavzu: Proporsiya.
II. Darsning maqsadi:
 a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni proporsiya va uning asosoy xosasini  o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchi shaxsini kamol toptirish
v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni nisbatlar haqidagi olgan bilimlarini rivojlantirish.
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat. Aralash

 III. Darsning jihozi: 1. “VI-sinf matematika ” darsligi.
                                 2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi.
                                 
IV. Darsning rejasi:
1.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. Yangi darsni bayon qilish..

V. Darsning borishi: a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar
                                      tozaligiga e’tibor beriladi;
                                 b) O’tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalanaman.
                                 v) Yangi mavzuni tafsilotlari
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta savoldan iborat qisqa test olib o’quvchilar yordamida uni tekshirib chiqaman .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar:
- proporsiya ta’rifini;
- proporsiyaning hadlari nimaligini;
- proporsiyaning asosiy xosasasini bilish.
Ko’nikmalar:
- berilgan to’rtta sondan proporsiya tuza  olish;
- proporsiyaning noma’lum hadini topa olish

Yangi mavzuni bayoni:

T/R
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
(min)
1
Tashkiliy qism

2
2
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik va motivatsiya
b) yangi mavzuni yoritish;

Savol-javob

Ma’ruza
15
3
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a)      guruhlarda ishlash;
b)      b) xulosa;
c)      d) yakka tartibdagi mustaqil ish.

Guruhlarda ishlash
Aqliy hujum
Mustaqil ish
20
4
Darsga yakun yasash va baholash

3
5
Uyga vazifa

5
Ikki nisbatning tengligi proporsiya deyiladi.
 tenglik proporsiyadir. Uni 4:5=8:10 deb yozsa ham bo’ladi. Bundan 4.10=5.8, ya’ni 40=40 tenglikni olamiz. 5 va 8 sonlari proporsiyaning o’rta hadlari, 4 va 10 sonlari esa uning chetki hadlari deyiladi.
Umuman, a:b=c:d proporsiya uchun a.d=b.c tenglik o’rinli.
Aksincha , a,b,c va d nolga teng bo’lmagan sonlar bo’lib,  ular uchun a.d=b.c tenglik o’rinli bo’lsa, bundan a:b=c:d tenglik kelib chiqadi, ya’ni a,b,c va d sonlar proporsiyani tashkil qiladi.
a:b=c:d   Proporsiyaning o’rta hadlari ko’paytmasi uning chetki hadlari ko’paytmasiga teng.
1-misol. 3:5=9:15 proporsiyaning chetki hadlari 3 va 15, o’rta hadlari esa 5 va 9 dir.Chetki hadlari ko’paytmasi 3.15=45; o’rta hadlari ko’paytmasi 5.9=45; bundan , 45=45, demak, proporsiyaning chetki hadlari ko’paytmasi o’rta hadlari ko’paytmasiga teng.
2-misol. 8,7,14,16 sonlari proporsiya tashkil qiladimi?
Yechish. 7.16=8.14 bo’lgani uchun berilgan sonlar proporsiya tashkil qiladi.7:8=14:16
Javob: ha, proporsiya tashkil qiladi.
3-misol. 1,2,3,4 sonlari proporsiya tashkil qiladimi?
Yechish. 1.3    bo’lgani uchun berilgan sonlar proporsiya tashkil qilmaydi.
Javob: proporsiya tashkil qilmaydi
4-misol. X:6=2:3 proporsiyaning noma’lum hadini toping.
Yechish. Proporsiyaning asosiy xossasiga muvofiq , 3x=6.2,   3x=12,   x=4
Javob: x=4
Proporsiyaning noma’lum hadini topish, odatda , proporsiyani yechish deyiladi.
VI. Darsni mustaxkamlash.
Sinfda 601-613 -mashqlar yechiladi
VII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni  bildiraman.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
VIII. Uyga vazifa.

621-635 - mashqlarni bajarib kelish.
15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
 II-chorak yakuni bo’yicha VI-sinfda  Matematika fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik
 dars ishlanmasi

I. Mavzu: Qismga ko’ra sonning o’zini topish.
II. Darsning maqsadi:
 a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni berilgan qismi bo’yicha sonning o’zini topishga o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchi shaxsini kamol toptirish
v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni kasrlar haqidagi olgan bilimlarini rivojlantirish.
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat. Aralash

 III. Darsning jihozi: 1. “VI-sinf matematika ” darsligi.
                                 2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi.
                                 
IV. Darsning rejasi:
1.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. Yangi darsni bayon qilish..

V. Darsning borishi: a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar
                                      tozaligiga e’tibor beriladi;
                                 b) O’tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalanaman.
                                 v) Yangi mavzuni tafsilotlari
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta savoldan iborat qisqa test olib o’quvchilar yordamida uni tekshirib chiqaman .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar:
- berilgan qismi bo’yicha sonning o’zini toppish nimaligini bilish
Ko’nikmalar:
- berilgan qismi bo’yicha sonning o’zini topa olish.

Yangi mavzuni bayoni:

T/R
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
(min)
1
Tashkiliy qism

2
2
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik va motivatsiya
b) yangi mavzuni yoritish;

Savol-javob

Ma’ruza
15
3
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a)      guruhlarda ishlash;
b)      b) xulosa;
c)      d) yakka tartibdagi mustaqil ish.

Guruhlarda ishlash
Aqliy hujum
Mustaqil ish
20
4
Darsga yakun yasash va baholash

3
5
Uyga vazifa

5
Masala. Qobil 8 100 so’mga kitob sotib oldi. Bu pul undagi jami pulning  qismiga teng. Qobilda necha so’m bo’lgan?
Yechish. 1-savol. Qobildagi pul nechta teng qism(ulush) ga bo’lingan?
Pul 5 ta teng qismga bo’lingan, chunki  kasrning maxraji 5 ga teng.
2-savol. Kitobning bahosi nechta teng ulushga mos keladi?
3 ta teng ulushga, chunki  kasrning surati 3 ga teng.
3-savol. 1 ta ulushga necha so’m to’g’ri keladi?
8 100 :3 = 2700 (so’m)
4-savol. Qobilda necha so’m pul bo’lgan?
2700*5 = 13 500 (so’m)
Javob:  Qobilda 13 500 so’m bo’lgan.
Masalani yechishda bajarilgan amallarni qisqacha shunday yozish mumkin: 811:3*5.
Ayni shu sonli ifoda quyidagiga ham teng:
811:3*5= .
Demak, jami pulning  qismi 8100 so’m bo’lsa, jami pulning o’zini toppish uchun 8100 ni qismni ifodalovchi kasr  ga bo’lish kerak ekan.
     Berilgan qismiga ko’ra sonning o’zini toppish uchun sonni qismni ifodalovchi kasrga bo’lish kerak.
Umuman, berilgan   qismi a ga teng bo’lgan son a:   =   ga tengdir.
Misol.  qismi 10 ga teng bo’lgan sonni toping.
Yechish. Sonning berilgan qismi -10; shu qismni ifodalovchi kasr-  
U holda , 10:    Javob: 25.

VI. Darsni mustaxkamlash.
Sinfda 518-538 -mashqlar yechiladi
VII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni  bildiraman.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
VIII. Uyga vazifa.
539-547 - mashqlarni bajarib kelish.