15-umumiy
o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
III-chorak yakuni bo’yicha VI-sinfda Matematika fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan
bir soatlik
dars ishlanmasi
I. Mavzu: Proporsiya.
II. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni
proporsiya va uning asosoy xosasini
o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchi shaxsini kamol toptirish
v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni nisbatlar haqidagi olgan
bilimlarini rivojlantirish.
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat. Aralash
III. Darsning jihozi: 1. “VI-sinf
matematika ” darsligi.
2. Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar ,
bo’r va yozuv taxtasi.
IV. Darsning rejasi:
1.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun
5 ta savoldan iborat bo’lgan qisqa test
olaman;
2. Yangi darsni bayon qilish..
V. Darsning borishi: a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini
aniqlab ,sinf va o’quvchilar
tozaligiga e’tibor beriladi;
b) O’tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalanaman.
v) Yangi mavzuni tafsilotlari
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta savoldan iborat qisqa test olib
o’quvchilar yordamida uni tekshirib chiqaman .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar:
- proporsiya ta’rifini;
- proporsiyaning hadlari nimaligini;
- proporsiyaning asosiy xosasasini bilish.
Ko’nikmalar:
- berilgan to’rtta sondan proporsiya tuza olish;
- proporsiyaning noma’lum hadini topa olish
Yangi mavzuni bayoni:
T/R
|
Darsning bosqichlari
|
Foydalanishga tavsiya etiladigan
usul
|
Vaqt taqsimoti
(min)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2
|
|
2
|
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik va
motivatsiya
b) yangi mavzuni yoritish;
|
Savol-javob
Ma’ruza
|
15
|
3
|
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a) guruhlarda ishlash;
b) b) xulosa;
c) d) yakka tartibdagi mustaqil ish.
|
Guruhlarda ishlash
Aqliy hujum
Mustaqil ish
|
20
|
4
|
Darsga yakun yasash va baholash
|
3
|
|
5
|
Uyga vazifa
|
5
|
Ikki nisbatning tengligi proporsiya
deyiladi.
Umuman, a:b=c:d proporsiya uchun a.d=b.c tenglik o’rinli.
Aksincha , a,b,c va d nolga teng bo’lmagan sonlar bo’lib, ular uchun a.d=b.c tenglik o’rinli bo’lsa,
bundan a:b=c:d tenglik kelib chiqadi, ya’ni a,b,c va d sonlar proporsiyani
tashkil qiladi.
a:b=c:d
Proporsiyaning
o’rta hadlari ko’paytmasi uning chetki hadlari ko’paytmasiga teng.
1-misol. 3:5=9:15 proporsiyaning chetki hadlari 3 va 15, o’rta hadlari
esa 5 va 9 dir.Chetki hadlari ko’paytmasi 3.15=45; o’rta hadlari ko’paytmasi
5.9=45; bundan , 45=45, demak, proporsiyaning chetki hadlari ko’paytmasi o’rta
hadlari ko’paytmasiga teng.
2-misol. 8,7,14,16 sonlari proporsiya tashkil qiladimi?
Yechish. 7.16=8.14 bo’lgani uchun berilgan sonlar proporsiya tashkil
qiladi.7:8=14:16
Javob: ha, proporsiya tashkil qiladi.
3-misol. 1,2,3,4 sonlari proporsiya tashkil qiladimi?
Yechish. 1.3
bo’lgani uchun berilgan sonlar proporsiya
tashkil qilmaydi.
Javob: proporsiya tashkil qilmaydi
4-misol. X:6=2:3 proporsiyaning noma’lum hadini toping.
Yechish. Proporsiyaning asosiy xossasiga muvofiq , 3x=6.2, 3x=12,
x=4
Javob: x=4
Proporsiyaning noma’lum hadini
topish, odatda , proporsiyani yechish deyiladi.
VI. Darsni mustaxkamlash.
Sinfda 601-613 -mashqlar yechiladi
VII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni bildiraman.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli
ballar qo’yiladi
VIII. Uyga vazifa.
621-635 - mashqlarni bajarib kelish.
Комментариев нет:
Отправить комментарий