15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika
o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning VII
sinfda Algebra fanidan qiyin
o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik
dars
ishlanmasi
I.
Mavzu: Matnli masalalar yechish
II.
Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilar olgan nazariy bilim, ko’nikma
va malakalarini mustaxkamlash;
b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchi
shaxsini kamol toptirish
v )
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni matni masalalar yechish haqidagi
tushunchalarini rivojlantirish
Darsning
usuli: Amaliy mashg’ulot
III. Darsning jihozi: 1. “VII sinf Algebra”
darsligi.
2. Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar ,
bo’r va yozuv taxtasi
IV.
Darsning rejasi:
1.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta kartochkada
savollar yozilgan materiallar tarqatilib ularga javoblar olinadi
2. Yangi darsni bayon qilish.
V.
Darsning borishi: a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf
va o’quvchilar tozaligiga e’tibor
beriladi;
b) O’tilgan
mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalanaman.
v) Yangi
mavzuni tafsilotlari
O’tilgan
mavzuni takrorlash uchun 5 ta kartochkada yozilgan savollarni o’quvchilarga tarqataman va
ularga
javoblar olaman .
Mavzuni
o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
Bilimlar:
-
matni masalalar nimaligini bilish;
-
matnli masalalarni yechish nimaligini bilish;
Ko’nikmalar:
- matni
masalalarga matematik ifoda tuza olish;
-
tuzilgan ifodani yecha olish;
-
masala javobini to’g’ri yoza olish
Yangi mavzuni bayoni:
Algebra
VII-sinf “O’zingizni tekshirib ko’ring” 3-m Bolalalar oromgohi uchun 10 ta
shahmat va 15 ta koptok sotib olindi.Bitta shahmat a so’m, bitta koptok b so’m
turadi. Jami xarid uchun qancha pul to’langan?
Yechish:
10a+15b bo’ladi
101-m
1) O’quvchi bir son o’yladi. Agar uni 4 ga ko’paytirilsa, ko’paytmaga esa 8
soni qo’shilsa va hosil bo’lgan yig’indini 2 ga bo’linsa, u holda 10 hosil
bo’ladi. O’quvchi qanday sonni o’ylagan?
Yechish:
Ifoda tuzamiz O’quvchi o’ylagan son x bo’lsin u holda (x.4+8):2=10 tenglama
hosil bo’ladi. Tenglamani yechamiz.
x.4+8=10.2
x.4=20-8
x=12:4
x=3
Javob:
O’quvchi 3 sonini o’ylagan
103-m 1) Uchta firmada 624 nafar ishchi bor.
Ikkinchi firmada birinchisidagiga qaraganda ishchilar 5 marta ko’p, uchinchi
firmada esa birinchi va ikkinchi firmalarda birgalikda nechta ishchi bo’lsa ,
shuncha ishchi bor. Har bir firmada nechtadan ishchi bor?
Yechish:
I-firmada x ta ishchi bor, demak II-firmada 5x ta ishchi bor u holda III-firmada (x+5x) ta ishchi bor.
Demak
x+5x+x+5x=624
12x=624
X=624:12
X=52
Javob
: I-firmada 52 ta; II- firmada 52.5=260 ta
; III-firmada 52+260=312 ta
104-m
1) Teng yonli uchburchakning perimetri 25 sm ga teng. Agar uning yon tomoni
asosidan 5 sm ortiq bo’lsa, uchburchak tomonlari uzunliklarini toping.
Yechish: Asosni x deb olsak u
holda, yon tomon x+5 bo’ladi
2(x+5)+x= 25
2x+10+x=25
3x=15, x=5
Javob: 5 sm; 10 sm; 10 sm
VI.
Darsni mustaxkamlash:
O’tilgan
mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazaman,101-113 masalalarni toq raqamlarini o’quvchilar
o’zlari mustaqil yechadilar
VII.
Darsni yakunlash
-O’qituvchi
o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni bildiraman.
-Darsda
faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
VIII.
Uyga vazifa.
101-113
masalalarni juft raqamlarini bajarib kelish.
Комментариев нет:
Отправить комментарий