суббота, 21 июня 2014 г.

15-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljonning
 II-chorak yakuni bo’yicha VI-sinfda  Matematika fanidan qiyin o’zlashtirilgan mavzulardan bir soatlik
 dars ishlanmasi

I. Mavzu: Qismga ko’ra sonning o’zini topish.
II. Darsning maqsadi:
 a) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni berilgan qismi bo’yicha sonning o’zini topishga o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsad. O’quvchi shaxsini kamol toptirish
v ) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni kasrlar haqidagi olgan bilimlarini rivojlantirish.
Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat. Aralash

 III. Darsning jihozi: 1. “VI-sinf matematika ” darsligi.
                                 2.   Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi.
                                 
IV. Darsning rejasi:
1.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta  savoldan iborat bo’lgan qisqa test olaman;
2. Yangi darsni bayon qilish..

V. Darsning borishi: a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar
                                      tozaligiga e’tibor beriladi;
                                 b) O’tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalanaman.
                                 v) Yangi mavzuni tafsilotlari
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta savoldan iborat qisqa test olib o’quvchilar yordamida uni tekshirib chiqaman .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar:
- berilgan qismi bo’yicha sonning o’zini toppish nimaligini bilish
Ko’nikmalar:
- berilgan qismi bo’yicha sonning o’zini topa olish.

Yangi mavzuni bayoni:

T/R
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
(min)
1
Tashkiliy qism

2
2
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik va motivatsiya
b) yangi mavzuni yoritish;

Savol-javob

Ma’ruza
15
3
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a)      guruhlarda ishlash;
b)      b) xulosa;
c)      d) yakka tartibdagi mustaqil ish.

Guruhlarda ishlash
Aqliy hujum
Mustaqil ish
20
4
Darsga yakun yasash va baholash

3
5
Uyga vazifa

5
Masala. Qobil 8 100 so’mga kitob sotib oldi. Bu pul undagi jami pulning  qismiga teng. Qobilda necha so’m bo’lgan?
Yechish. 1-savol. Qobildagi pul nechta teng qism(ulush) ga bo’lingan?
Pul 5 ta teng qismga bo’lingan, chunki  kasrning maxraji 5 ga teng.
2-savol. Kitobning bahosi nechta teng ulushga mos keladi?
3 ta teng ulushga, chunki  kasrning surati 3 ga teng.
3-savol. 1 ta ulushga necha so’m to’g’ri keladi?
8 100 :3 = 2700 (so’m)
4-savol. Qobilda necha so’m pul bo’lgan?
2700*5 = 13 500 (so’m)
Javob:  Qobilda 13 500 so’m bo’lgan.
Masalani yechishda bajarilgan amallarni qisqacha shunday yozish mumkin: 811:3*5.
Ayni shu sonli ifoda quyidagiga ham teng:
811:3*5= .
Demak, jami pulning  qismi 8100 so’m bo’lsa, jami pulning o’zini toppish uchun 8100 ni qismni ifodalovchi kasr  ga bo’lish kerak ekan.
     Berilgan qismiga ko’ra sonning o’zini toppish uchun sonni qismni ifodalovchi kasrga bo’lish kerak.
Umuman, berilgan   qismi a ga teng bo’lgan son a:   =   ga tengdir.
Misol.  qismi 10 ga teng bo’lgan sonni toping.
Yechish. Sonning berilgan qismi -10; shu qismni ifodalovchi kasr-  
U holda , 10:    Javob: 25.

VI. Darsni mustaxkamlash.
Sinfda 518-538 -mashqlar yechiladi
VII. Darsni yakunlash
-O’qituvchi o’quvchilar bajargan mashqlar bo’yicha o’z xulosamni  bildiraman.
-Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, tegishli ballar qo’yiladi
VIII. Uyga vazifa.
539-547 - mashqlarni bajarib kelish.


Комментариев нет:

Отправить комментарий